Линклар

Шошилинч хабар
20 май 2024, Тошкент вақти: 13:46

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaroda tojikistonlik fuqaro yaralandi


Qirg‘izistonlik chegarachi (arxiv surati)
Qirg‘izistonlik chegarachi (arxiv surati)

Tojikistonning Jabbor Rasulov tumani va Qirg‘izistonning Laylak tumanlari kesishgan chegarada 7-may kuni sodir bo‘lgan noxush hodisada tojikistonlik fuqaro tan jarohati olgan.

Qirg‘iziston MXDQ Chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Tojikiston hududida bo‘lgan cho‘ponlar Qirg‘iziston hududiga o‘tib, qirg‘iz chegarachilari talablarini e’tiborsiz qoldirgani ortidan sodir bo‘lgan. Biroq Jabbor Rasulov tumanidagi qishloq raisi hodisani boshqacha tasvirlagan.

Qirg‘iziston MXDQ Chegara xizmati xabarnomasida “7-may kuni soat 12:20 larda Botken viloyatining Laylak tumani Aqbo‘so‘g‘o‘ aholi punkti yaqinida Qirg‘iziston chegara naryadi Qirg‘iziston hududida chorva boqib yurgan tojikistonlik cho‘ponlarni ko‘rib qolgan”i, ular davlat chegarasi chizig‘idan 250-300 metr ichkariga kirgani qayd etilgan.

Keyin Tojikiston fuqarolari chegarachilarning Qirg‘iziston hududini tark etish talabini e’tiborsiz qoldirishgani, ustiga ustak, harbiylarga tosh ota boshlashgani, “cho‘ponlardan biri esa Qirg‘iziston chegara naryadi tomonga bir necha bor o‘q uzgan”i ma’lum qilingan.

Qirg‘iziston tomoni ma’lumotida vaziyat eskalatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qirg‘izistonlik chegarachilar osmonga qarata ogohlantiruvchi o‘qlar otishgani, shundan keyin cho‘ponlar Tojikiston hududiga qochib ketishgani aytilgan.

Qirg‘iziston chegaralari orasida jabrlanganlar yo‘q. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston fuqarolaridan biri oyog‘idan yaralangan”, deyilgan Qirg‘iziston Chegara xizmati xabarnomasida.

Jabbor Rasulov tumani Qo‘rg‘oncha qishloq kengashi rahbari Nodir Usmonzoda mahalliy turg‘un qirg‘iz chegarachilari tomonidan yarador qilinganini tasdiqlagan.

Ozodlikning tojik xizmati bilan 7-may oqshomida qilingan suhbatda u “Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida yashovchi Olimjon Abdulloyev oyog‘idan yaralanib, tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan”ini ma’lum qilgan.

Hodisa Olimjonning o‘g‘li molini boqishga olib chiqqanida uning oldidan qirg‘iz chegarachilari chiqib, yigitchaga e’tiroz bildirishga kirishganidan boshlangan. Bundan xabar topgan Olimjon voqea joyiga shoshgan va ikki o‘rtada yuzaga kelgan dahanaki jang ortidan oyog‘idan yaralangan. Hodisa Qirg‘iziston hududida emas, Tojikiston hududida sodir bo‘lgan”, degan Usmonzoda.

Uning aytishicha, Olimjon va o‘g‘li cho‘pon emas. “Ularning yonida o‘qotar qurol bo‘lgan emas va shundan kelib chiqqan holda. ular hech kimga qarata o‘q uzishmagan”, deya ta’kidlagan Ozodlikning tojik xizmati suhbatdoshi.

Ayni paytda jarohat olgan shaxsning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

Bu orada Tojikiston MXDQ Chegara xizmati tomonidan 7-may oqshomida tarqatilgan xabarnomada “Olimjon Abdulloyev o‘z ijtimoiy mavqeidan (tarix o‘qituvchisi) kelib chiqqan holda yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga zid keluvchi hech qanaqa xatti-harakat sodir etgan emas. Biroq unga qarshi o‘qotar qurol ishga solingan, buning natijasida u tan jarohati olgan”, deyilgan.

Hozirda qirg‘iz-tojik chegarasidagi uchastkada vaziyat barqaror”, deya ma’lum qilgan Qirg‘iziston MXDQ Chegara xizmati. Tojikistonlik chegarachilar xabarnomasida esa “mazkur noxush hodisa yuzasidan ikki mamlakatning tegishli organlari tekshiruv olib borilmoqda, chegaradagi vaziyat nazorat qilinyapti”, deyilgan.

XS
SM
MD
LG