Линклар

Шошилинч хабар
20 май 2024, Тошкент вақти: 15:15

Mudofaa vazirligi 9-may oqshomida mushakbozlik uyushtirmoqchi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 9-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik tashkil etiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Vazirlik 8-may kuni ham Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentning asosiy ko‘chalari bo‘ylab harbiylar yurishini uyushtirgan edi. Poytaxtdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidan boshlangan kechagi tadbir Magic City maydonida nihoyasiga yetgandi.

Mudofaa vazirligi uyushtirgan chorshanba kungi tadbirlarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ygan edi.

Buning ortidan shu kunning o‘zida Rossiya poytaxtiga yo‘l olgan Shavkat Mirziyoyev Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati sammitida qatnashgan, 9-may kuni esa u mezbon prezident Vladimir Putinga hamrohlik qilib, Moskvaning Qizil maydonida uyushtirilgan harbiy paradda ishtirok etdi.

XS
SM
MD
LG