Линклар

Шошилинч хабар
20 май 2024, Тошкент вақти: 14:26

Dehli aeroportida o‘zbekistonlik tillafurushlar qo‘lga olindi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida mamlakat hududiga 5 kilogramm oltinni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlangan.

Dehli Bojxona xizmati oltinlari musodara qilingan bu shaxslar O‘zbekiston fuqarolari ekani, ular Hindiston poytaxtiga Dubaydan (BAA) uchib kelishganini bildirgan.

Qayd etilishicha, bojxona ko‘rigi chog‘ida mazkur shaxslarning qiymati 3,16 million rupiyga teng bo‘lgan quyma oltinlarni qonunga zid yo‘llar bilan Hindiston hududiga olib o‘tishga harakat qilgani aniqlangan.

O‘zbekistonliklar 1962-yilgi Bojxona to‘g‘risidagi qonun asosida hibsga olingan, hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG