Линклар

Шошилинч хабар
20 май 2024, Тошкент вақти: 13:46

Armaniston KHSHTdagi moliyaviy ishtirokini to‘xtatdi


Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan (arxiv surati)
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan (arxiv surati)

Armaniston rasmiylari 8-may kuni mamlakat Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi moliyaviy ishtirokini to‘xtatganini e’lon qilishdi. Avvalroq Armaniston Rossiya yetovida bo‘lgan bu harbiy tashkilotdagi a’zoligini fe’lan to‘xtatgan edi.

“Armaniston 2024-yil budjeti to‘g‘risida KHSHT tomonidan 2023-yil noyabrida qabul qilingan qarorni imzolashdan va shu tariqa, Shartnomaga a’zo mamlakatlarning qo‘shma tadbirlarini moliyalashtirishda ishtirok etishdan tiyiladi”, deya bildirgan Armaniston TIV vakili Ani Badalyan. Mulozimaning bu bayonoti Armaniston jamoatchilik televideniyesi doxil bir necha OAVda yoyinlangan.

Badalyan Yerevan tashkilotga a’zo boshqa davlatlarni shartnomaga oid o‘z majburiyatlarini bajarishdan to‘sish niyati yo‘qligini ham qayd etgan. Bu yerda gap Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston haqida bormoqda.

Armaniston bir yildan ko‘proq muddat ichida KHSHTning yuqori lavozimli mulozimlari uchrashuvlari, harbiy mashqlari va boshqa jamoaviy tadbirlarini boykot qilib kelmoqda. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan shu yil fevralida o‘z mamlakatining KHSHTdagi ishtiroki fe’lan to‘xtatilganini bildirgan edi.

Bosh vazir, agar tashkilotga a’zo bo‘lgan oltita postsovet davlati Yerevan politsiyasiga e’tibor qaratmaydigan bo‘lsa, Armaniston KHSHTdan chiqishi e’timoli borligi haqida avval ham bir necha bor bayonot bergan.

O‘tgan haftada Rossiya TIV Armaniston rasman KHSHTning to‘laqonli a’zosi bo‘lib qolayotgani va o‘z majburiyatlarini bajarishi lozimligini urg‘ulagan edi.

Yerevan 2022-yil sentyabrida Armaniston-Ozarbayjon chegarasi bo‘ylab harbiy amaliyot chog‘ida Rossiya va KHSHTdagi boshqa hamkor tashkilotlardan rasmiy ravishda yordam so‘ragan. Armaniston KHSHTning boshqa a’zolarini o‘z iltimosini e’tiborsiz qoldirganlikda bir necha bor ayblagan. Biroq Moskva bu ayblovlar haqida og‘iz ochmay keladi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov mart oyida Pashinyan ma’muriyatini “Rossiya-Armaniston aloqalarini barbod qilishga olib ketayotgan”likda ayblagan, o‘z navbatida, buning g‘arb manfaatlariga xizmat qilishini urg‘ulagan edi.

Pashinyan va yerevanlik boshqa liderlar Rossiya xavfsizlik sohasida Armaniston oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi tufayli o‘z tashqi siyosatini “diversifikatsiya” qilishini bildirmoqdalar.

XS
SM
MD
LG